Sizga qanday yordam bera olamiz?
Ommabop savollar
Mulkdorlar uchun
Kvartiram zarar ko'rsa nima bo'ladi?
Har bir uyni yong'in va suv bosishidan hamkor sug'urta kompaniyasida o'z hisobimizdan sug'urtalaymiz. Boshqa ta'mirni usta smeta va foto/video hisobot bilan qiladi; xarajat keyingi ijaradan ushlanadi va kabinetingizda ko'rinadi.
Ijara puli o'z vaqtida kelishiga kafolat bormi?
Ijarani menejer naqd oladi va ulushingizni sizga naqd beradi; bank o'tkazmasi yo'q. Bo'sh turish kafolati ijara qarzini qoplamaydi: depozitsiz shartnomadan keyin uy bo'sh qolsa, 15-kundan yangi ijaragacha har bo'sh kun uchun kunlik ijaraning 50%ini to'laymiz.
Shartnoma muddati qancha?
Kamida 1 yilga, keyin uzaytirsa bo'ladi.
Kommunal to'lovlar kim tomonidan to'lanadi?
Svet, gaz, suv va internet uchun ijarachi to'laydi. Uy boshqaruv kompaniyasi (TSJ) xarajatlari ijara summasiga kiritiladi va mulkdor hisobidan qoplanadi.
Kvartiraga o'zim kira olamanmi?
Ha. Faqat kamida 1 kun oldin bizni yoki ijarachini ogohlantiring.
Kafolat
Sug'urta qanday zararlarni qoplaydi?
Yong'in va suv bosishi: hamkor sug'urta kompaniyasi orqali, bizning hisobimizdan. Boshqa ta'mir mulkdor hisobidan.
Uy bo'sh tursa qancha vaqt kafolat ishlaydi?
Yangi ijara boshlanguncha. Dastlabki 14 kun qidiramiz, 15-kundan har bo'sh kun uchun kunlik ijaraning 50%ini to'laymiz.
Kafolat qaysi shartnomalarga tegishli?
Har bir depozitsiz ijara shartnomasidan keyingi bo'shashga. Depozit olinishini kompaniya hal qiladi; depozitli shartnomadan keyin kafolat ishlamaydi.
Kafolatdan foydalanish uchun nima qilishim kerak?
Hech narsa: kafolat shartnomada yozilgan va o'zi ishga tushadi. Kompensatsiyani naqd yoki kartadan kartaga to'laymiz.
Boshqaruv jarayoni
Jarayon boshlanishidan oldin nima talab qilinadi?
Mulk hujjati va uyni ko'rsatish uchun vaqt. Qolganini biz qilamiz.
Men jarayonga qanday aralashaman?
Faqat shartnomani imzolaysiz va oylik hisobotni ko'rasiz.
Jihozlash va ta'mirlash kim tomonidan amalga oshiriladi?
Kerak bo'lsa, mebel va texnikani o'zimiz olib qo'yamiz, xarajat keyin ijaradan ushlanadi. Ta'mirni usta foto/video hisobot bilan qiladi, xarajati sizdan.
Boshqaruv shartnomasini bekor qilish mumkinmi?
Ha. Kompaniya o'z majburiyatlarini bajarmasa, shartnomani muddatidan oldin bekor qilishingiz mumkin. Boshqa holatlar shartnomada belgilanadi.
Ijarachilar uchun
Mos xonadonni qanday topaman?
Uylar katalogida hudud, xonalar soni va narx bo'yicha qidiring yoki xaritada ko'ring. Yoqqan xonadonni ko'rish uchun bizga murojaat qiling.
Xonadonni ko'rish uchun oldindan yozilish kerakmi?
Ha, vaqtni oldindan kelishib oling.
Shartnoma qanday tuziladi?
Siz kompaniya bilan yozma shartnoma tuzasiz; shartlar oldindan kelishiladi.
Depozit talab qilinadimi?
Har bir uy uchun alohida, shartnomada yoziladi. Aniq summani ko'rishga yozilganingizda menejer aytadi.
Kommunal to'lovlarni kim to'laydi?
Svet, gaz, suv va internet uchun ijarachi to'laydi. Uy boshqaruv kompaniyasi (TSJ) xarajatlari ijara summasiga kiritilgan.
Ta'mirlash kerak bo'lsa nima qilishim kerak?
Kabinetdagi SOS bo'limidan, telefon yoki Telegram orqali xabar bering. Usta yuboramiz, ish foto va video hisobot bilan tasdiqlanadi.
Uydan ko'chib chiqishdan oldin qanday xabar berish kerak?
Qancha muddat oldin ogohlantirish kerakligi ijara shartnomasida belgilanadi. Iloji boricha oldinroq yozma xabar bering.
Javobingizni topolmadingizmi?
Jamoamiz bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'laning.
Bog'lanish