Huquqiy ma'lumot
Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 5-oktyabr
1. Umumiy qoidalar
Ushbu siyosat tamalinvest.uz sayti va TAMAL INVEST xizmatlaridan foydalanganingizda shaxsga doir ma'lumotlaringiz qanday to'planishi, ishlatilishi va himoya qilinishini tushuntiradi.
Ma'lumotlarni "Baraka Estate Investments" MCHJ (INN 311539248) O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq qayta ishlaydi.
2. Qaysi ma'lumotlarni to'playmiz
Ro'yxatdan o'tishda: ism va familiya, telefon raqam, email (ixtiyoriy) va parol. Parol ochiq holda saqlanmaydi.
Ariza qoldirganingizda: xonadon manzili, xonalar soni, jihozlanganligi va siz yozgan izoh.
Aloqa formasi orqali: ism, telefon raqam, murojaat mavzusi va xabar matni.
Telefon raqamingizni Telegram orqali tasdiqlaganingizda: Telegram hisobingiz identifikatori va Telegram taqdim etgan telefon raqam.
Ijara shartnomasi tuzilganda: ijarachining pasport seriyasi va raqami hamda tug'ilgan sanasi.
3. Ma'lumotlardan foydalanish maqsadi
Ma'lumotlar siz bilan bog'lanish, boshqaruv va ijara shartnomalarini tuzish, to'lovlarni hisoblash va hisobotlar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Ma'lumotlaringiz sotilmaydi va reklama maqsadida boshqa kompaniyalarga berilmaydi.
4. Ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga berish
Shaxsiy ma'lumotlar roziligingizsiz uchinchi shaxslarga berilmaydi. Istisno xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan va qonun talab qilgan hollardir.
Masalan, faol ijara shartnomasi bo'yicha mulkdor o'z xonadonidagi ijarachining pasport ma'lumotlarini ko'radi, to'lovlar esa hamkor to'lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
5. Ma'lumotlarni saqlash va himoya qilish
Ma'lumotlar shartnoma amal qilgan davr va qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi.
Ma'lumotlarga faqat vazifasi uchun zarur bo'lgan xodimlar kira oladi.
7. Sizning huquqlaringiz
Siz o'z ma'lumotlaringiz bilan tanishish, ularni to'g'rilash yoki o'chirishni so'rash, shuningdek ma'lumotlarni qayta ishlashga bergan roziligingizni qaytarib olish huquqiga egasiz.
Qonun saqlashni talab qiladigan ma'lumotlar faol shartnoma yakunlangunga qadar o'chirilmaydi.
8. Siyosatdagi o'zgarishlar
Siyosat yangilanishi mumkin. Yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinadi, sahifa boshidagi sana oxirgi yangilanishni ko'rsatadi.
9. Bog'lanish
Maxfiylik bo'yicha savollar uchun info@tamal-invest.com manziliga yozing yoki +998 94 772 77 62 raqamiga qo'ng'iroq qiling. Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram 5-tor ko'chasi.