Jarayon
Qanday ishlaydi
Murojaatdan oylik daromadgacha to'rt qadam.
1-KUN
Murojaat va baholash
Mutaxassis uyni ko'rib, bozordagi ijara narxini aytadi.

2-3 KUN
Shartnoma tuzish
Boshqaruv shartnomasini kamida 1 yilga imzolaymiz.

4-10 KUN
Tayyorlov va joylashtirish
Zarur bo'lsa, xonadonni jihozlaymiz, professional suratga olamiz va ijarachilarni jalb qilamiz.

HAR OY
Barqaror daromad
Menejer ijarani naqd oladi va ulushingizni sizga naqd beradi. Har bir to'lov kabinetda ko'rinadi.

Jarayon davomida siz nimani nazorat qilasiz
Shartnoma shartlari
Ijara muddati, narx va majburiyatlarni siz belgilaysiz, biz taklif beramiz.
Oylik hisobot
Har oy boshqaruv va to'lovlar bo'yicha to'liq hisobot olasiz.
Yakuniy qaror
Ijarachi tanlovi va shartnomani uzaytirish bo'yicha yakuniy qaror sizga tegishli.
Ko'p beriladigan savollar
Jarayon boshlanishidan oldin nima talab qilinadi?
Mulk hujjati va uyni ko'rsatish uchun vaqt. Qolganini biz qilamiz.
Men jarayonga qanday aralashaman?
Faqat shartnomani imzolaysiz va oylik hisobotni ko'rasiz.
Jihozlash va ta'mirlash kim tomonidan amalga oshiriladi?
Kerak bo'lsa, mebel va texnikani o'zimiz olib qo'yamiz, xarajat keyin ijaradan ushlanadi. Ta'mirni usta foto/video hisobot bilan qiladi, xarajati sizdan.
Boshqaruv shartnomasini bekor qilish mumkinmi?
Ha. Kompaniya o'z majburiyatlarini bajarmasa, shartnomani muddatidan oldin bekor qilishingiz mumkin. Boshqa holatlar shartnomada belgilanadi.
Kvartirangiz bo'sh turmasin
Ariza qoldiring: bepul maslahat va uyingiz bahosini olasiz.